AQSH TASHQI SIYOSATIDA ETNIK LOBBILARNING TRANSFORMATSIYASI VA UNING YAQIN SHARQ MINTAQAVIY XAVFSIZLIGIGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada AQSh tashqi siyosatida etnik lobbilarning o‘rni, ularning shakllanish bosqichlari, faoliyat mexanizmlari hamda tashqi siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda pluralizm, manfaatlar guruhi, diaspora siyosati va transnational advocacy networks nazariyalari asosida etnik lobbilar faoliyatining nazariy asoslari yoritilgan. Yahudiy, arman, kubalik, arab va eron-amerikalik diasporalarning qiyosiy tahlili orqali ularning siyosiy samaradorligi hamda ta’sir darajasi baholangan. Etnik lobbilar evolyutsiyasining tarixiy bosqichlari, AQSh qonunchiligidagi huquqiy asoslari va zamonaviy transformatsiyalari ilmiy manbalar hamda statistik ma’lumotlar asosida tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari etnik lobbilar AQSh tashqi siyosatini shakllantirishda ichki omil sifatida faol ishtirok etishini, ularning ta’siri xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy barqarorlik va geosiyosiy jarayonlarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi.



