TANLANMANING STATISTIK XARAKTERISTIKALARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada tanlanmaning statistik xarakteristikalari va ularning ilmiy-tadqiqot jarayonidagi ahamiyati batafsil yoritiladi. Tanlanma asosida olingan ma’lumotlarni tahlil qilishda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar — o‘rtacha qiymat, median, moda, dispersiya, standart og‘ish kabi statistik o‘lchovlarning mazmuni va ularni hisoblashning nazariy asoslari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tanlanma ko‘rsatkichlari orqali bosh to‘plam parametrlarini baholash, statistik xatolik va ishonchlilik darajasini aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada tanlanmaning statistik xarakteristikalari yordamida ma’lumotlarni umumlashtirish va ilmiy xulosalar chiqarishning samaradorligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari statistik tahlilning aniqligini oshirish va amaliy qarorlar qabul qilish jarayonini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



