遇见数据集

PSIXOLOGIK BARQARORLIK (RESILIENCE)NING STRESSNI BOSHQARISHDAGI ROLI

收藏
Zenodo2026-02-21 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada psixologik barqarorlik (resilience) fenomenining stressni boshqarish jarayonidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – shaxsning psixologik barqarorligi darajasi bilan stressga chidamlilik va moslashuv strategiyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida psixologiya fanida keng qo‘llaniladigan standart diagnostik metodlar, jumladan, psixologik barqarorlik va stressni boshqarish strategiyalarini baholashga qaratilgan so‘rovnomalar hamda statistik tahlil usullaridan foydalanildi. Olingan natijalar psixologik barqarorlik darajasi yuqori bo‘lgan shaxslarda stressni konstruktiv boshqarish, emotsional nazorat va muammoli vaziyatlarga moslashuvchan yondashuvlar ustun ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari stress bilan bog‘liq psixologik muammolarning oldini olish, psixokorreksion va profilaktik dasturlarni ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Maqola psixologik barqarorlikni rivojlantirish stressni boshqarishning muhim omili ekanligini asoslab beradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务