GIPERTONIYA KASALLIGINI DAVOLASHDA MAGNITOTERAPIYA QO'LLANILISHI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada arterial gipertenziya kasalligini davolashda magnitoterapiyaning o‘rni va samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda gipertoniya kasalligining patofiziologik mexanizmlari, uning yurak-qon tomir tizimiga ta’siri hamda zamonaviy davolash usullari bilan bir qatorda fizioterapevtik yondashuvlar keng yoritilgan. Magnitoterapiyaning organizmga ta’siri uning past intensivlikdagi magnit maydon orqali mikrosirkulyatsiyani yaxshilashi, tomir tonusini me’yorlashtirishi va neyro-gumoral regulyatsiyani muvozanatlashtirishi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalari ushbu usulning arterial bosimni pasaytirish, gemodinamik ko‘rsatkichlarni yaxshilash hamda bemorlarning umumiy holatini barqarorlashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, magnitoterapiyaning farmakologik davolash bilan birgalikda qo‘llanilishi kompleks terapiya samaradorligini oshirishi ta’kidlanadi. Olingan natijalar magnitoterapiyaning gipertoniya kasalligini davolashda istiqbolli fizioterapevtik usul ekanligini tasdiqlaydi.



