INVESTITSIYA LOYIHALARINI SAMARALI RIVOJLANTIRISHDA KORPORATIV BOSHQARUV MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Investitsiya loyihalarini samarali rivojlantirishda korporativ boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bugungi kunda iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, investitsiya faoliyatining barqarorligi va samaradorligi ko‘p jihatdan boshqaruv tizimining qanchalik rivojlanganligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, investorlar ishonchini oshirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xususiy sektor ulushini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmining izchil oshib borayotgani mamlakatda investitsion faollikning kuchayib borayotganidan dalolat beradi



