遇见数据集

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MATNNI ONGLI O'QISH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH METODIKASI

收藏
Zenodo2026-01-24 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ilmiy maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matnni ongli o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishda interfaol metodlardan foydalanishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida o‘qish faoliyatini tashkil etishda qo‘llaniladigan zamonaviy interfaol metodlar, jumladan, guruhli ishlash, muammoli vaziyatlar yaratish, klaster, aqliy hujum, rolli o‘yinlar va matn bilan interfaol ishlash texnologiyalarining ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning matnni anglab o‘qish, mazmunni tahlil qilish, asosiy g‘oyani aniqlash hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari interfaol metodlar asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning o‘qish faolligini oshirish, bilimlarni mustahkamlash va ta’lim sifatini yaxshilashda samarali vosita ekanligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-24
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务