遇见数据集

ULUGʻBEK HAMDAM ASARLARIDA SOʻZ QOʻLLASH MAHORATI

收藏
Zenodo2026-01-29 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada zamonaviy oʻzbek adabiyoti vakili Ulugʻbek Hamdam asarlarida soʻz qoʻllash mahorati leksik-semantik tanlov, badiiy tasvir vositalari, sintaktik qurilish va muallif nutqi hamda personaj nutqining oʻzaro munosabati doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi yozuvchi badiiy matnida soʻzning funksional yukini, emotsional-ekspressiv imkoniyatlarini va kontekstual ma'no hosil qilish usullarini aniqlashdan iborat. Metodologik asos sifatida stilistika, matn lingvistikasi va badiiy til tahlili usullari qoʻllanadi. Natijada Ulug‘bek Hamdam nasrida soʻzning minimal birlik sifatidagi ma'nosi emas, balki kontekstda “kengayuvchi” semantik qatlamlari, takror va parallelizmning badiiy vazifasi, metafora va ramziylikning matn ritmini boshqarishi hamda muallifona intonatsiyaning leksik tanlov bilan uygʻunligi ko‘rsatiladi. Xulosa sifatida yozuvchi soʻzni “tasvir” uchun emas, “mazmunning ichki harakati”ni berish uchun ishlatishi, badiiy nutqda iqtisodiylik va ko‘pqatlamlilikka erishishi asoslanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-29
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务