RAQAMLI IQTISODIYOTDA SOLIQ MA'MURIYATCHILIGINI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI
收藏资源简介:
Mazkur tadqiqot zamonaviy fiskal siyosatning fundamental yoʻnalishlaridan biri – soliq ma'muriyatchiligini raqamli transformatsiyalash tendensiyalarini majmuali tahlil etishga bagʻishlanadi. Maqolada soliq nazorati tizimida “lozim darajada ehtiyotkorlik” tamoyilining raqamli algoritmlari, shuningdek, sun'iy intellekt (AI) va katta ma'lumotlar (Big Data) texnologiyalarini integratsiyalash masalalari tadqiq qilingan. Ayniqsa, Oʻzbekistondagi 2025–2026-yillarga moʻljallangan islohotlar xronologiyasi, jumladan, elektron hisobvaraq-fakturalarni real vaqt rejimida risk-tahlildan oʻtkazish tizimining iqtisodiy-huquqiy oqibatlari empirik baholangan. Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va Estoniyaning ilgʻor tajribalari (HMRC Connect, Split Payment, Blokcheyn) qiyosiy-baxolash orqali milliy amaliyot uchun strategik taklif va tavsiyalar majmuasi ishlab chiqilgan.



