KREDITNING ZARURATI, MOHIYATI, FUNKSIYALARI VA SHAKILLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada kreditning iqtisodiy tizimdagi o‘rni chuqur tahlil qilinadi hamda uning zarurati, mohiyati, asosiy funksiyalari va amaliy shakllari ilmiy-nazariy asosda yoritiladi. Kredit munosabatlarining paydo bo‘lish sabablari, iqtisodiy jarayonlarga ta’siri va bozor iqtisodiyoti sharoitida tutgan o‘rni izchil ochib beriladi. Shuningdek, kreditning qayta taqsimlash, muomala xarajatlarini tejash, kapital jamg‘arilishini jadallashtirish kabi funksiyalari tahlil qilinib, ularning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati asoslab beriladi. Maqolada tijorat krediti, bank krediti, iste’mol krediti, davlat krediti va xalqaro kredit kabi asosiy kredit shakllarining xususiyatlari ochib berilib, ularning real iqtisodiyot rivojiga ta’siri ilmiy yondashuv asosida baholanadi. Tadqiqot natijalari kredit tizimini takomillashtirish hamda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha xulosalar chiqarish imkonini beradi.



