RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA KORXONA BOSHQARUVI
收藏资源简介:
Raqamli transformatsiya zamonaviy korxona boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada raqamli transformatsiya jarayonlarining korxona boshqaruvi evolyutsiyasiga strategik ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotning maqsadi – raqamli texnologiyalarni boshqaruv funksiyalariga integratsiyalashning samarali modellarini aniqlash hamda ularning tashkilotning raqobatbardoshligi va operatsion samaradorligiga ta’sirini baholash. Tahlil natijalariga ko‘ra, raqamli transformatsiya an’anaviy ierarxik boshqaruv tuzilmalaridan tarmoqli, moslashuvchan va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv modellariga o‘tishni taqozo etadi. Shu bilan birga, transformatsiyaning asosiy to‘siqlari – kadrlarning raqamli yetukligi, kiberxavfsizlik masalalari va o‘zgarishlarni boshqarishdagi qiyinchiliklar tahlil qilingan. Xulosa qismida korxonalar uchun bosqichli raqamli transformatsiya strategiyasi bo‘yicha tavsiyalar berilgan.



