遇见数据集

BUDJET XARAJATLARINI SAMARALI AMALGA OSHIRISHDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING AMALIY TAHLILI

收藏
Zenodo2026-02-17 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada budjet xarajatlarini samarali amalga oshirishda davlat moliyaviy nazoratining o‘rni va ahamiyati empirik hamda statistik tahlillar asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda 2020–2025 yillar davomida davlat budjeti xarajatlari dinamikasi, moliyaviy nazorat natijalari, aniqlangan kamchiliklar hajmi va qaytarilgan mablag‘lar ulushi tahlil qilindi. Ekonometrik regressiya modeli yordamida moliyaviy nazorat qamrovi hamda raqamlashtirish darajasining budjet samaradorligiga ta’siri baholandi. Natijalarga ko‘ra, moliyaviy nazorat qamrovining oshishi budjet xarajatlari samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi empirik jihatdan tasdiqlandi (R² = 0,71). Shuningdek, ichki audit tizimini rivojlantirish, g‘aznachilik tizimini raqamlashtirish, real vaqt rejimidagi monitoring mexanizmlarini joriy etish hamda riskga asoslangan nazorat modelini kengaytirish budjet mablag‘laridan oqilona foydalanishni ta’minlovchi muhim omillar ekanligi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari davlat moliyaviy nazoratining faqat qonunbuzarliklarni aniqlash vositasi emas, balki budjet resurslarining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi strategik boshqaruv instrumenti ekanligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-17
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务