遇见数据集

GIDROKSOXINOZALIN ASOSIDAGI NI(II) KOMPLEKSLARINING KRISTALL TUZILISHI VA MOLEKULALARARO O'ZARO TA'SIRLARNING XIRSHFELD SIRTLAR YORDAMIDA TAHLILI

收藏
Zenodo2026-01-09 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tadqiqotda gidroksoxinozalin ligandlari asosida sintez qilingan nikel(II) komplekslarining kristall tuzilishi o‘rganildi hamda Xirshfeld sirtlar tahlili orqali molekulalararo o‘zaro ta’sirlarning tabiati va ularning energetik muvozanatga qo‘shgan hissasi baholandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Ni(II) markazi kvadrat-planar koordinatsion geometriyani namoyon etib, ligandlarning gidroksil va azot guruhlari orqali metall bilan mustahkam bog‘lanadi. Xirshfeld sirtlarining 3D va 2D “fingerprint” xaritalari komplekslar ichidagi asosiy kontaktlarni aniqlash imkonini berdi. H···O va O···H tipidagi vodorod aloqalari, shuningdek π–π stacking ta’sirlari kompleks panjaraning barqarorligini ta’minlovchi asosiy omillar sifatida belgilandi. Tadqiqot natijalari koordinatsion tizimlarni modellashtirishda va yangi barqaror metall-organik moddalarning sintezida nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-09
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务