five

FUNKSIONAL STATISTIK VA KORRELYATSION BOGʻLANISH, CHIZIQLI REGRESSIYA TENGLAMASIGA DOIR TADQIQOT

收藏
DataCite Commons2026-05-03 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20010298
下载链接
链接失效反馈
官方服务:
资源简介:
Mazkur ilmiy maqolam statistik tahlilning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan funksional va korrelyatsion bogʻlanishlar hamda chiziqli regressiya tenglamasining nazariy asoslarini chuqur o‘rganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bogʻliqlik tushunchasi, uning turlari, xususiyatlari va ilmiy tahlildagi o‘rni batafsil yoritilgan. Funksional bogʻlanishning qat’iyligi va deterministik xarakteri, korrelyatsion bogʻlanishning esa ehtimollik va tasodifiylik elementlariga asoslanishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada korrelyatsiya koeffitsiyentining mazmuni, uning qiymatlari orqali bogʻlanish darajasini aniqlash imkoniyatlari, shuningdek regressiya tahlilining nazariy mohiyati keng bayon etilgan. Chiziqli regressiya modeli, uning parametrlarining iqtisodiy va statistik talqini hamda eng kichik kvadratlar usulining ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan izohlangan. Shuningdek, determinatsiya koeffitsiyenti orqali model sifatini baholash, statistik bogʻlanishlarning ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatdagi ahamiyati keng yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, korrelyatsiya va regressiya tahlili zamonaviy ilm-fan va amaliyotda murakkab jarayonlarni o‘rganishda muhim metodologik vosita hisoblanadi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-03
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务