HARBIY TA'LIM FAKULTETLARIDA KURSANTLARDA VATANPARVARLIK FAZILATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqola harbiy ta’lim fakultetlarida kursantlarda vatanparvarlik fazilatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida nazariy va empirik metodlardan foydalangan holda vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirishning samarali vositalari aniqlangan. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, tarixiy-milliy meros, harbiy-amaliy o‘yinlar, ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar, shaxsiy namuna va pedagogik muloqot asosidagi integrativ yondashuv kursantlarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, mas’uliyat va jamoaviylik kabi fazilatlarni sezilarli darajada rivojlantiradi. Tadqiqot natijalari harbiy ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni takomillashtirish va kursantlarning ma’naviy-psixologik tayyorgarligini oshirishda amaliy ahamiyatga ega.



