遇见数据集

DARYO VA KANALLARDA TURBULENTLIK MODELINI TANLASH, HISOBLASH VA SONLI MODELNING ISHONCHLILIGINI BAHOLASH

收藏
Zenodo2026-11-04 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada gidrotexnika inshootlari, daryolar va ochiq kanallardagi murakkab gidrodinamik jarayonlarni modellashtirishda turbulentlik modellarini toʻgʻri tanlash va ularning ishonchliligini baholash masalalari tadqiq etilgan. Ochiq o’zanlardagi oqim strukturasini aniq ifodalash uchun keng tarqalgan RANS (k-ε, k-ω SST), LES va DES kabi sonli modellashtirish (CFD) yondashuvlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida daryo oʻzanlarining murakkab morfologiyasi, qirgʻoqlar yemirilishi va tub choʻkindilarining harakatini hisobga olgan holda gidrodinamik parametrlarni hisoblash algoritmlari koʻrib chiqilgan. Sonli modellarning ishonchliligini baholash uchun hisoblash natijalari laboratoriya sharoitidagi eksperimental ma'lumotlar hamda daryolardagi real gidrometrik oʻlchovlar bilan solishtirilgan. Olingan natijalar ochiq kanallardagi turbulent oqimlarni prognoz qilishda Reynolds kuchlanishlari va chegara shartlari hisobini toʻgʻri modellashtirishning ahamiyatini koʻrsatadi va gidrotexnika inshootlarini loyihalash, oʻzan jarayonlarini boshqarish hamda suv resurslarini samarali muhofaza qilishda muhandislik hisoblashlarining aniqligini oshirishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-11-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务