YAPON MADANIYATIDA "MONO NO AWARE" KONSEPSIYASIYASI VA UNING MADANIY TALQINI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada yapon estetik-falsafiy tafakkurining muhim tushunchalaridan biri bo’lgan “Mono no Aware” (narsalarning o’tkinchi go’zalligini anglash) konsepsiyasining falsafiy va madaniy mohiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda mazkur konsepsiyaning shakllanish omillari, nazariy asoslari hamda yapon xalqining estetik dunyoqarashi va madaniy qadriyatlari tizimidagi o’rni yoritiladi. Shuningdek, “Mono no Aware”ning hayotning o’tkinchiligi, tabiat va inson o’rtasidagi uyg’unlik hamda hissiy-estetik idrok bilan bog’liqligi yapon adabiyoti, san’ati va an’anaviy madaniyati misolida tahlil etiladi. Maqolada ushbu konsepsiyaning zamonaviy yapon jamiyatidagi madaniy ahamiyati hamda milliy o‘zlikni anglash va estetik qadriyatlarni saqlashdagi o’rni ilmiy manbalar asosida baholanadi. Tadqiqot natijalari "Mono no Aware" konsepsiyasi yapon madaniyatining o’ziga xos falsafiy-estetik tamoyillaridan biri bo’lib, u insonning borliq, vaqt va tabiatga bo’lgan munosabatini shakllantirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etishini ko’rsatadi.



