ANOR YETISHTIRISHDA KLASTER TIZIMINING IQTISODIY SAMARADORLIGI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada anor yetishtirishda klaster tizimining iqtisodiy samaradorligi kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida Sirdaryo viloyati tanlanib, uning agroiqlim sharoitlari, resurs salohiyati va mavjud muammolari asosida klaster tizimining afzalliklari baholanadi. Tadqiqot davomida agroklasterlarning ishlab chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya jarayonlarini integratsiyalash orqali qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatlari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, klaster tizimi anor yetishtirishda resurslardan samarali foydalanish, xarajatlarni kamaytirish, hosildorlikni oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishda muhim iqtisodiy vosita hisoblanadi. Shuningdek, maqolada iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.



