遇见数据集

FANLARARO ALOQADORLIK ASOSIDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHGA YO'NALTIRILGAN ELEKTRON TA'LIM RESURSLARINI LOYIHALASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

收藏
Zenodo2026-07-06 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvni samarali tashkil etish, fanlararo integratsiyani kuchaytirish hamda raqamli ta’lim texnologiyalaridan oqilona foydalanish dolzarb pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada fanlararo aloqadorlik asosida 10–11-sinf o‘quvchilarida masalalar yechish orqali tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishda dasturiy ta’minotdan foydalanishning pedagogik modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqot davomida fanlararo masalalarning didaktik imkoniyatlari, ularni raqamli ta’lim muhitida tashkil etish mexanizmlari hamda elektron platforma orqali o‘quvchilarning kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, dasturiy ta’minotni yaratish bosqichlari, uni dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llash metodikasi, pedagogik modelning tarkibiy komponentlari va amaliy samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari fanlararo masalalarni dasturiy ta’minot asosida tashkil etish o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirish, fanlararo bilimlarni integratsiyalash, mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kasbiy yo‘nalishini aniqlash imkoniyatlarini kengaytirishini ko‘rsatdi. Taklif etilgan pedagogik model umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fanlararo integratsiyani rivojlantirish va kompetensiyaviy ta’limni takomillashtirishda metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-06
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务