JIZZAX UEZDINING MA'MURIY TUZILISHI VA AHOLINING ETNIK TARKIBI
收藏资源简介:
Jizzax uezdining ma’muriy-hududiy tuzilishi va aholi tarkibini o’rganish XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston o’lkasida kechgan mustamlakaviy boshqaruv, demografik o’zgarishlar va etnik joylashuv jarayonlarini anglashda muhim ilmiy ahamiyatga ega. Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston hududlarining bosib olinishi natijasida Jizzax vohasi avvalgi Buxoro amirligi bilan bog’liq siyosiy-ma’muriy muhitdan ajralib, imperiya boshqaruv tizimi tarkibiga kiritildi. Bu jarayon hududning faqat rasmiy maqomini o’zgartiribgina qolmadi, balki uezd, uchastka, volost, qishloq va ovul kabi ma’muriy birliklar orqali aholi, er-suv resurslari, soliq majburiyatlari hamda xo’jalik turmushini nazorat qilishning yangi mexanizmlarini yuzaga keltirgan.



