遇见数据集

BULUTLI TEXNALOGIYALARNING TA'LIMIY IMKONIYATLARI BILAN TANISHISH

收藏
Zenodo2026-05-01 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada bulutli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari va ularning zamonaviy ta’lim tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Bulutli texnologiyalar o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish, ta’lim resurslaridan masofadan turib foydalanish hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda bulutli xizmatlarning (saqlash, hisoblash, platforma xizmatlari) o‘quv faoliyatida qo‘llanilishi, interaktiv o‘qitish metodlarini rivojlantirishdagi o‘rni va ta’lim sifatini oshirishga qo‘shayotgan hissasi yoritiladi. Shuningdek, bulutli texnologiyalar yordamida masofaviy ta’limni tashkil etish, elektron resurslardan foydalanish va o‘quv jarayonini individuallashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Natijada, bulutli texnologiyalar ta’lim samaradorligini oshirish, vaqt va resurslarni tejash hamda zamonaviy raqamli kompetensiyalarni shakllantirishda muhim vosita ekanligi asoslanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-01
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务