遇见数据集

FLYUS OSTIDA ELEKTR YOYLI PAYVANDLASHDA MASSALAR ALMASHINUVI JARAYONIDA GAZ FAZASINING ROLI.

收藏
Zenodo2026-06-05 更新2026-06-12 收录
官方服务:

资源简介:

Elektr yoyli payvandlashda reaksiya zonasida umumiy holatda uchta faza ta’sirlashadi: erigan metalll, shlak va yoyning gazli atmosferasi. Massalar almashinuvi uchchala fazaning ixtiyoriy juftligida sodir bo‘lishi mumkin. Lekin payvandlash usuli va reaksiyalar turiga qarab, qandaydir ikkita aniq fazaning ta’sirlashuvi egalik qilishi mumkin. Gazelektrik payvandlashda so‘zsiz metall bilan gaz fazasi orasidagi almashinuv rivojlanganroq bo‘ladi; qoplamali elektrodlar bilan dastaki yoyli payvandlashda ko‘proq metall bilan shlak o‘rtasida jarayonlar kechadi, lekin gaz-metall va gaz-shlak chegaralarida ham reaksiyalar sezilarli miqdorga ega. Flyus ostida payvandlash sharoitida, ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra massalar almashinuvida metall va shlak o‘rtasidagi jarayonlar kattaroq axamiyatga ega. Shunga qaramasdan yoyli payvandlashda gaz-metalll va gaz-shlak chegaralarida gaz fazasi bilan massa almashinuvlar ehtimoli ko‘pligi haqida ham fikrlar bildirilgan [1]. Bu baxsli masalani yechimini topish maqsadida quyidagi asoslarga tayanib tajribalar o‘tkazilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-05
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务