DIAFIZAR SUYAK SINISHLARIDA BLOKLANUVCHI INTRAMEDULLYAR OSTEOSINTEZDAN KEYINGI REPARATIV OSTEOGENEZNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada diafizar suyak sinishlarida bloklanuvchi intramedullyar osteosintez usuli qo‘llanilgandan so‘ng suyak to‘qimasida yuzaga keladigan reparativ osteogenez jarayonlarining morfologik xususiyatlari tahlil qilinadi[1,2,3]. Tadqiqot davomida suyak regeneratsiyasining asosiy bosqichlari — gematoma hosil bo‘lishi, yumshoq suyak qadog‘i shakllanishi, qattiq suyak qadog‘i rivojlanishi va suyak remodelingi jarayonlari o‘rganildi. Shuningdek, osteoblastlar va osteoklastlar faolligi, angiogenez jarayonlari hamda suyak to‘qimasining mikrostrukturaviy o‘zgarishlari histologik tahlil asosida baholandi[4,5,6]. Olingan natijalar bloklanuvchi intramedullyar osteosintez usuli suyak sinishlarida biologik regeneratsiya jarayonlarini saqlab qolish va tezlashtirishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi[7,8,9,10].



