遇见数据集

EMBRION RIVOJLANISHINING EGIZAKLAR BILAN BOGʻLIQ JARAYONLARI VA PATOLOGIYALARI

收藏
Zenodo2026-01-11 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu ilmiy maqola egizaklarning embrion rivojlanishi mexanizmlari, ularning turlari va ushbu jarayonda yuzaga keladigan eng ogʻir patologiyalarni chuqur tahlil qilishga bagʻishlangan. Monoxoriol (bir platsentali) egizaklar rivojlanishining murakkabligi va oʻziga xosligi, ayniqsa, Monoxoriol Monoamniotik (M/M) egizaklarning klinik ahamiyati ta'kidlangan. Maqolada asosiy e'tibor monoxoriol homiladorlikning ikki eng xavfli asorati – Egizakdan Egizakka Transfuziya Sindromi (TTTS) va kindik tizimchasining chigallanishi patogenezi, intrauterin diagnostikasi va zamonaviy davolash usullariga (masalan, lazer koagulyatsiyasi) qaratiladi. Shuningdek, birlamchi embrionning toʻliq ajralmasligi natijasida yuzaga keladigan eng noyob anomaliya – Birikkan Egizaklar (Siam egizaklari) hosil boʻlishining embriologik sabablari, ularning anatomik tasniflari (Torakopagus, Kraniopagus) va xirurgik ajratish amaliyotining perinatal jarrohlikdagi oʻrni yoritilgan. Maqolada ushbu holatlarni boshqarishda erta va aniq prenatal diagnostikaning hal qiluvchi ahamiyati urgʻulanadi hamda milliy tibbiyotimizdagi bunday murakkab patologiyalarni boshqarish boʻyicha yutuqlar aks ettiriladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务