YUQORI ANIQLIKDAGI KOSMIK TASVIRLAR VA GIS TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA IRRIGATSIYA TARMOQLARINING RAQAMLI GEOMA'LUMOTLAR BAZASINI SHAKLLANTIRISH (FARG'ONA VILOYATI MISOLIDA)
收藏资源简介:
Maqolada 2025–2026-yillarda Farg‘ona viloyati hududida yuqori va juda yuqori fazoviy aniqlikdagi kosmik tasvirlar, geoaxborot texnologiyalari hamda dala verifikatsiyasi asosida suv xo‘jaligi obyektlarining raqamli geoma’lumotlar bazasini shakllantirish natijalari yoritilgan. Kameral bosqichda Planet tasvirlari (taxminan 3 m) va mavjud hududlarda MAXAR/Vantor tasvirlari (0,5 m gacha) asosida daryo, soy, magistral kanal, katta kanal, ichki kanal va ariqlar hamda zovur-kollektor tarmoqlari vektorlashtirildi. Dala bosqichida ArcGIS Field Maps va ArcGIS QuickCapture mobil ilovalari orqali obyektlarning nomi, suv manbasi va funksional bog‘liqligi aniqlashtirildi. Natijada 18 909 km suv tarmog‘i raqamlashtirildi, 261 ta nasos, 3 158 ta gidropost va 2 410 ta kuzatuv qudug‘i geoaxborot bazasiga kiritildi. 2025-yil ma’lumotlari bo‘yicha 327,6 ming gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydoni tegishli sug‘orish tarmoqlariga fazoviy-mantiqiy bog‘landi. Taklif etilgan yondashuv suv yetkazib berish tarmog‘ini iyerarxik va topologik bog‘langan raqamli model ko‘rinishida yuritish, suv manbasi–kanal–ekin konturi munosabatlarini kuzatish va suv resurslarini boshqarish uchun yagona geoma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini beradi.



