遇见数据集

RUX SANOATI TEXNOGEN CHIQINDILARIDAN TEMIR, KUMUSH VA MISNI AJRATIB OLISHNING SAMARALI TEXNOLOGIYASI

收藏
Zenodo2026-11-02 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolada rux sanoati velslash jarayonida hosil bo‘ladigan klinker chiqindilaridan qimmatli komponentlarni kompleks ajratib olish texnologiyasi tadqiq etilgan. Klinkerning kimyoviy va mineralogik xususiyatlari o‘rganilib, mikroto‘lqinli kuydirish, magnitli separatsiya hamda gidrometallurgik tanlab eritish jarayonlarining samaradorligi baholangan. Tajribalar asosida 550 °C haroratda termik ishlov berish uglerod va oltingugurt miqdorini sezilarli kamaytirishi aniqlangan. Magnitli separatsiya orqali temirga boy boyitma olingan. Nomagnit fraksiyadan kumushni Jinchan reagenti yordamida eritmaga o‘tkazish, so‘ng rux kukuni bilan sementatsiyalash sharoitlari belgilangan. Qoldiq tarkibidagi mis sulfat kislotali eritish orqali ajratilgan. Natijalar klinkerni kompleks qayta ishlash va ikkilamchi mineral xomashyodan samarali foydalanish imkoniyatini asoslaydi. Taklif etilgan sxema texnologik bosqichlarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-11-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务