遇见数据集

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA XIZMAT KO'RSATISH SIFATINI BAHOLASH VA OSHIRISHNING INTELLEKTUAL MEXANIZMLARI

收藏
Zenodo2026-05-19 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida sifatni baholash va uni oshirishning zamonaviy intellektual mexanizmlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida xizmat ko‘rsatish tizimlarida uchraydigan asosiy muammolar, jumladan mijozlar ehtiyojining tez o‘zgarishi, xizmat sifati monitoringining yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi hamda raqamli boshqaruv vositalaridan foydalanish samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifati ko‘rsatkichlarini baholashda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt elementlari, ma’lumotlar tahlili va avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarining imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot natijasida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini real vaqt rejimida nazorat qilish, mijozlar fikr-mulohazalarini intellektual qayta ishlash hamda sifat ko‘rsatkichlarini adaptiv boshqarish asosida samaradorlikni oshirishga xizmat qiluvchi mexanizmlar ishlab chiqildi. Olingan natijalar xizmat ko‘rsatish sohasida raqamli boshqaruv tizimlarini takomillashtirish, xizmat sifati monitoringini optimallashtirish va mijozlarga yo‘naltirilgan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-19
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务