YUQORI SINF O'QUVCHILARIDA RAQAMLI KONFLIKTLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Ushbu maqolada yuqori sinf o‘quvchilarining raqamli kommunikatsiya jarayonida duch keladigan konfliktlari va ularning shakllanishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillar masalasi tahlil etiladi. Zamonaviy o‘quvchi uchun virtual muloqot oddiy axborot almashinuvi vositasidan tashqari, tengdoshlar bilan munosabatlarni o‘rnatish va o‘z ijtimoiy mavqeini namoyon qilish makoniga aylanmoqda. Shu sababli raqamli muhitda yuzaga keladigan tushunmovchilik va qarama-qarshiliklarni o‘quvchining yosh davri xususiyatlari, emotsional holati, muloqot madaniyati, tengdoshlar ta’siri va raqamli xulq-atvori bilan bog‘liq holda o‘rganish muhimdir. Maqolada raqamli konfliktlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi omillar tizimlashtirilib, ularni konstruktiv boshqarishga doir psixologik yondashuvlar yoritiladi.



