遇见数据集

POLIKISTOZ TUXUMDON SINDROMINING AYOLLAR REPRODUKTIV SALOMATLIGIGA TA'SIRI VA ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA YONDASHUVLARI

收藏
Zenodo2026-02-13 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Polikistoz tuxumdon sindromi (PTOS) — ayollar reproduktiv yosh davrida uchraydigan eng murakkab va ko‘p omilli endokrin kasalliklardan biri hisoblanadi. Ushbu sindrom tuxumdonlarning morfologik o‘zgarishlari, gormonal muvozanatning buzilishi va metabolik disfunktsiyalar bilan kechadi. PTOS nafaqat reproduktiv funksiyaning pasayishiga, balki ayollarda hayot sifati yomonlashuviga, psixo-emosional holatlarning buzilishiga ham olib keladi. Mazkur maqolada PTOS ning ayollar reproduktiv salomatligiga ko‘rsatadigan ta’siri, kasallikning patofiziologik mexanizmlari hamda zamonaviy diagnostika yondashuvlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida PTOS ning bepushtlik, ovulyatsiya disfunktsiyasi va ginekologik asoratlar bilan bog‘liqligi yoritiladi. Maqola klinik amaliyotda PTOS ni erta aniqlash va samarali boshqarish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-13
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务