SURDOPEDAGOGIKA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR: ZAMONAVIY O'QITUVCHI OLDIDAGI VAZIFALAR
收藏资源简介:
Ushbu maqolada zamonaviy surdopedagogikada axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalardan foydalanishning nazariy hamda amaliy asoslari, ushbu jarayonda surdopedagog va umumta'lim o‘qituvchilari oldida turgan ustuvor vazifalar atroflicha tahlil qilingan. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning psixofizik xususiyatlari va vizual idrok etish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, ta'lim jarayoniga interaktiv vositalar, 3D-modellashtirish, sun'iy intellektga asoslangan surdo-tarjima platformalari va korreksion dasturlarni tatbiq etish samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy surdopedagogning raqamli kompetentligini oshirish, raqamli ta'lim muhitini yaratish hamda maxsus va inklyuziv ta'limda integratsiyalashgan yondashuvni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilmiy-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilgan.



