LINGVISTIK VA MADANIY EKVIVALENTLIKNING TARJIMADAGI O'RNI: EKVIVALENTLIK TUSHUNCHASI VA UNING TARJIMASHUNOSLIKDAGI O'RNI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada tarjimashunoslikning markaziy tushunchalaridan biri – ekvivalentlikning mohiyati, turlari va zamonaviy tarjima nazariyasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Muallif Y. Nida, J. Ketford, V. Komissarov, J. Munen, X. Vermeer va K. Nord kabi yetakchi olimlarning ekvivalentlik haqidagi qarashlarini qiyosiy o‘rganadi. Maqolada formal va dinamik ekvivalentlik, matnli va rasmiy ekvivalentlik, shuningdek, skopos nazariyasi asosida funksional ekvivalentlik turlari yoritilgan. Shuningdek, lingvistik va madaniy ekvivalentlik o‘rtasidagi farqlar, tarjima jarayonida madaniy omillarning ahamiyati va ekvivalentlik darajasini tanlash matn turi, tarjima maqsadi va qabul qiluvchi kutgan natijasiga bog‘liqligi asoslanadi. Xulosa qismida ekvivalentlik tilshunoslik, psixologiya, sotsiologiya va madaniyatshunoslik bilan uzviy bog‘liq holda tarjimashunoslikning asosiy kategoriyasi ekani ta’kidlanadi.



