KO'ZI OJIZ BOLALARNI BRAYL ALIFBOSIGA O'QITISH UCHUN INTERFAOL QURILMA VA DASTURIY TA'MINOT MAJMUASINI ISHLAB CHIQISH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada ko‘rish qobiliyati cheklangan va sog‘liq imkoniyati cheklangan bolalarga Brayl alifbosini o‘rgatish uchun mo‘ljallangan interaktiv qurilma va dasturiy majmuani ishlab chiqish jarayoni yoritilgan. Mavjud tiflotexnik vositalar va braylev displeylarining kamchiliklari, xususan, ularning yuqori narxi va maktabgacha hamda kichik maktab yoshidagi bolalar uchun moslashmagani tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida Arduino Nano mikrokontrolleri bazasida arzon, interaktiv va ovozli teskari aloqaga ega bo‘lgan o‘quv-trenajyor qurilmasining tarkibiy sxemasi va ishlash algoritmi taklif etilgan. Ishlab chiqilgan tizim ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, o‘quvchilar bilimini mustaqil testdan o‘tkazish va pedagoglar mehnatini yengillashtirish imkonini beradi.



