ONA TILI DARSLARIDA INKULIZIV O'QUVCHILARNI DARS JARAYONIGA QAMRAB OLISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada ona tili darslarida inklyuziv o‘quvchilarni dars jarayoniga qamrab olishning pedagogik asoslari, samarali metodlari va zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida differensial yondashuv, interfaol metodlar, vizual va raqamli ta’lim vositalaridan foydalanishning ta’lim samaradorligiga ta’siri o‘rganildi. Olib borilgan pedagogik kuzatuvlar natijasida inklyuziv o‘quvchilarning darsdagi faolligi, nutqiy rivoji va ijtimoiy moslashuvi ijobiy tomonga o‘zgargani aniqlandi. Maqolada ona tili darslarida inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bayon etilgan. Tadqiqot natijalari umumta’lim maktablarida inklyuziv muhitni shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.



