遇见数据集

MOBIL ALOQA TIZIMLARI

收藏
Zenodo2026-06-04 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tadqiqot ishida mobil aloqa tizimlarining fundamental tamoyillari, ularning 1G dan 5G gacha bo‘lgan evolutsion rivojlanish bosqichlari va kelajakdagi 6G tarmoqlarining istiqbollari tizimli tahlil qilingan. Maqolada tarmoq infratuzilmasining asosiy komponentlari (mobil qurilmalar, bazaviy stansiyalar, tarmoq boshqaruv tizimi va kommutatsiya markazlari) hamda ularning o‘zaro ishlash prinsiplari, jumladan, chastotani qayta ishlatish (frequency reuse) va qo‘ng‘iroqni uzatish (handoff) jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, tizim samaradorligini baholash uchun chastotaviy modulyatsiya samaradorligi (), spektr samaradorligi, ma’lumot uzatish tezligi va energiya tejamkorligi indekslarini hisoblash metodologiyasi taklif etilgan. Kelajakda mobil tarmoqlarni optimallashtirishda sun’iy intellekt (AI), chekka hisoblashlar (Edge Computing) va Internet buyumlari (IoT) texnologiyalarining o‘rni hamda xavfsizlik muammolari tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务