five

GERMENEVTIK TAFAKKUR: FALSAFIY VA PEDAGOGIK TALQIN (O'ZBEKISTON TARIXI MISOLIDA)

收藏
DataCite Commons2026-05-06 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20051491
下载链接
链接失效反馈
官方服务:
资源简介:
Ushbu maqolada germenevtik tafakkurning falsafiy mohiyati va uning tarix ta’limidagi pedagogik ahamiyati O‘zbekiston tarixi misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda germenevtika matnni oddiy o‘qish yoki faktlarni izohlash usuli emas, balki tarixiy voqelikni kontekst, muallif pozitsiyasi, davr ruhiyati va ma’no qatlamlari bilan bog‘liq holda anglashga qaratilgan tafakkur shakli sifatida talqin etiladi. Maqolada tarixiy fakt va tarixiy talqin o‘rtasidagi farq, manbani kontekstdan uzib o‘qish xavfi, tarixiy bilimning pedagogik jarayonda yodlashdan anglash darajasiga ko‘tarilishi masalalari yoritiladi. O‘zbekiston tarixini o‘qitishda germenevtik yondashuv talabalarni tayyor xulosalarni qabul qiluvchi subyekt sifatida emas, balki manba bilan ishlaydigan, savol qo‘yadigan, tarixiy sharoitni hisobga oladigan va dalil asosida xulosa chiqaradigan faol tafakkur egasi sifatida shakllantirish imkonini beradi. Tadqiqotda germenevtik tahlil, tarixiy-komparativ yondashuv, manbashunoslik tahlili, kontekstual tahlil, pedagogik tahlil va tizimli yondashuv metodlaridan foydalanildi. Natijalar germenevtik tafakkurning O‘zbekiston tarixini o‘qitishda nazariy-falsafiy hamda amaliy-pedagogik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-06
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务