遇见数据集

ZAMONAVIY IQTISODIY TIZIMDA MOLIYAVIY VOSITACHILAR TAVSIFI

收藏
Zenodo2026-02-04 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tadqiqotda zamonaviy iqtisodiy tizimda moliyaviy vositachilarning iqtisodiy mohiyati, asosiy funksiyalari va iqtisodiy o‘sishga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Ilmiy ishda moliyaviy vositachilarning jamg‘arma va investitsiyalarni qayta taqsimlash, to‘lov va hisob-kitoblarni tashkil etish, risklarni boshqarish, axborot vositachiligi hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash funksiyalari keng yoritilgan. Ayniqsa, tijorat banklarining moliyaviy vositachi sifatidagi o‘rni, ularning iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishdagi ahamiyati alohida tahlil qilingan. Tadqiqotda moliyaviy vositachilar bilan iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlik klassik va zamonaviy iqtisodiy nazariyalar asosida ochib berilgan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy vositachilar faoliyatidagi transformatsiya jarayonlari, fintex kompaniyalarining ta’siri va raqamli texnologiyalarning rollari baholangan. Tadqiqot natijalari rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston iqtisodiyotida bank tizimini rivojlantirish va moliyaviy vositachilar faoliyatini takomillashtirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务