AMERIKA MODERNISTIK NASRIDA VA O'ZBEK ADABIYOTIDA RAMZ VA BADIIY DETAL POETIKASI (U. FOLKNER VA SH. XOLMIRZAYEV ASARLARI MISOLIDA)
收藏资源简介:
Ushbu tezis Amerika modernistik nasri va o‘zbek adabiyotida ramz hamda badiiy detal poetikasini U. Folkner va Sh. Xolmirzayev asarlari misolida qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ramz va badiiy detalning badiiy matndagi poetik vazifalari, ularning estetik va g‘oyaviy mazmunni shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Amerika modernistik adabiyotida ramz va badiiy detal inson ruhiyati, tarixiy xotira va ijtimoiy inqirozni ifodalash vositasi sifatida namoyon bo‘lishi, o‘zbek adabiyotida esa ushbu poetik unsurlar axloqiy-etik masalalar va milliy qadriyatlarni ochib berishga xizmat qilishi aniqlanadi. Qiyosiy yondashuv asosida ikki xil adabiy an’ana o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlar ko‘rsatilib, ramz va badiiy detalning umuminsoniy badiiy tafakkurdagi ahamiyati asoslab beriladi.



