INKLYUZIV DAVLAT BOSHQARUVINING GNOSEOLOGIK ASOSLARI: "INTEGRATSIYA" VA "INKLYUZIYA" KATEGORIYALARINING KONSEPTUAL FARQLARI
收藏资源简介:
Ushbu ilmiy tezisda zamonaviy davlat boshqaruvi va siyosiy gnoseologiyaning muhim kategoriyalari bo‘lmish “integratsiya” va “inklyuziya” tushunchalarining konseptual hamda metodologik farqlari tadqiq etiladi. Tadqiqotda integratsiya jarayoni individning mavjud ijtimoiy-siyosiy va institutsional tuzilmaga bir tomonlama moslashuvi (assimilyatsiya) sifatida tahlil qilingan bo‘lsa, inklyuziya boshqaruv apparati hamda davlat institutlarining har bir fuqaro va ijtimoiy guruh ehtiyojlariga mos ravishda transformatsiyalashuvini tazoza etuvchi yangi paradigma sifatida asoslanadi. Tezisda inklyuzivlik g‘oyalarining falsafiy-huquqiy ildizlari hamda ularning zamonaviy demokratik boshqaruv, ijtimoiy adolat va fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi gnoseologik roli ochib berilgan



