遇见数据集

ILK BOLALIK DAVRIDA NUTQ VA OʻZINI ANGLASH RIVOJLANISHI

收藏
Zenodo2026-04-24 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada ilk bolalik davrida nutq va o‘zini anglash rivojlanishining psixologik, kognitiv va pedagogik jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida bolaning nutq qobiliyati, so‘z boyligi, ifodalash ko‘nikmalari va o‘zini idrok etish darajasi o‘rganiladi. Shu bilan birga, bolaning emotsional barqarorligi, ijtimoiy moslashuvi va o‘zini baholash qobiliyati bilan nutq rivojlanishining bog‘liqligi tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, nutq va o‘zini anglash rivojlanishi bolalarning kognitiv faoliyati, ijodiy fikrlashi, muloqot qobiliyati va ijtimoiy o‘zaro ta’sirini shakllantirishdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari pedagoglar va psixologlarga bolaning rivojlanish xususiyatlarini aniqlash, individual yondashuvlarni qo‘llash va ta’lim jarayonini optimallashtirish imkonini beradi. Shuningdek, nutq va o‘zini anglash rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun samarali pedagogik strategiyalar va interaktiv metodlarni qo‘llashning ahamiyati ta’kidlanadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ilk bolalik davrida nutq va o‘zini anglashning uyg‘un rivojlanishi bolalarning shaxsiy, emotsional va ijtimoiy salohiyatini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-24
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务