five

KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHDA DAVLATLARNING XALQARO-HUQUQIY HAMKORLIGI

收藏
DataCite Commons2026-05-05 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20044523
下载链接
链接失效反馈
官方服务:
资源简介:
Ushbu maqolada kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda davlatlarning xalqaro-huquqiy hamkorligi masalalari tadqiq etilgan. Kiberjinoyatchilikning transmilliy va chegarasiz tabiati uni global xavfsizlikka jiddiy tahdidga aylantirib, davlatlar, yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslarga katta miqdorda moddiy va ma’naviy zarar yetkazmoqda. Shu munosabat bilan Yevropa Kengashining 2001 yilgi Budapesht Konventsiyasi hamda 2025 yilda Xanoy shahrida imzolangan BMTning Kiberjinoyatchilikka qarshi Konventsiyasi xalqaro-huquqiy tartibga solishning asosiy manbalari sifatida tahlil qilingan. Tadqiqotda solishtirma-huquqiy, tizimli va tahliliy metodlardan foydalanilib, xalqaro konvensiyalar normalari, shuningdek, Yevropa Kengashi, BMT va UNODC ma’lumotlari o‘rganilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, 2025 yil holatiga Budapesht Konventsiyasiga 81 ta davlat a’zo bo‘lib, BMTning yangi Konventsiyasiga esa 74 ta davlat imzo chekkanligi aniqlangan. Shu bilan birga, xalqaro hamkorlik samaradorligini oshirish uchun protsessual yordam mexanizmlarini takomillashtirish, elektron dalillar almashuvini soddalashtirish hamda davlatlar o‘rtasida tezkor axborot almashuv tizimini mustahkamlash zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro shartnomalar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-05
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务