遇见数据集

TADBIRKORLIK SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA PSIXOLOGIK OMILLARNING ROLI VA AMALIY TAVSIYALAR

收藏
Zenodo2026-01-28 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada tadbirkorlik samaradorligini oshirishda psixologik omillarning o‘rni va ahamiyati keng qamrovda yoritiladi. Tadqiqot doirasida tadbirkorlik faoliyati murakkab va ko‘p omilli jarayon sifatida tahlil qilinib, uning nafaqat iqtisodiy, balki psixologik va ijtimoiy jihatlari ham chuqur o‘rganiladi. Maqolada tadbirkor shaxsining individual-psixologik xususiyatlari, ichki motivatsiya darajasi, stressga chidamlilik, emotsional holat va qaror qabul qilish jarayonlarining kasbiy samaradorlikka ta’siri alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy tadbirkorlik faoliyatida muhim o‘rin tutuvchi tashkiliy-psixologik omillar, jumladan, liderlik uslublari, jamoaviy uyg‘unlik, samarali kommunikatsiya, tashkiliy madaniyat va motivatsion tizimlarning tadbirkorlik samaradorligini shakllantirishdagi roli ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Maqolada psixologik barqarorlik va kasbiy chidamlilik tadbirkorning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishidagi muhim resurs sifatida talqin etiladi. Tadqiqot natijalari asosida tadbirkorlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish, stressni boshqarish, ichki motivatsiyani kuchaytirish va kasbiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan amaliy psixologik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ushbu maqola tadbirkorlikni faqat iqtisodiy faoliyat turi sifatida emas, balki shaxsning kasbiy rivoji, o‘zini namoyon etishi va ijtimoiy moslashuvi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan jarayon sifatida tushunishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-28
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务