SHARQ VA G'ARB DISKURSIDA MADANIY KODLARNING IFODALANISHI: INGLIZ VA O'ZBEK (HAMDA ARAB/FORS MANBALARI ASOSIDA) LINGVOKULTUROLOGIK TAHLIL
收藏资源简介:
Ushbu maqolada Sharq va G‘arb diskursida madaniy kodlarning ifodalanish xususiyatlari lingvokulturologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida ingliz va o‘zbek tillaridagi matnlar bilan bir qatorda arab va fors manbalariga murojaat qilinib, ularda aks etgan milliy-madaniy birliklar, ramziy obrazlar va kommunikativ strategiyalar qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Maqolada madaniy kod tushunchasining nazariy asoslari, uning til birliklari orqali ifodalanish mexanizmlari hamda diskursiv muhitdagi funksional roli ochib beriladi. Shuningdek, turli madaniyat vakillarining nutqida aks etuvchi mentalitet, qadriyatlar tizimi va kommunikativ me’yorlarning lingvistik ifodasi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari Sharq va G‘arb madaniyatlari o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlash, hamda tarjima jarayonida madaniy kodlarni adekvat yetkazish muammolarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.



