遇见数据集

OʻZBEKISTONDA KOMPYUTER LINGVISTIKASI YOʻNALISHINING PAYDO BOʻLISHI

收藏
Zenodo2026-05-21 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada O‘zbekistonda kompyuter lingvistikasi yo‘nalishining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Kompyuter lingvistikasi lingvistika va axborot texnologiyalarining kesishgan sohasi sifatida tilni avtomatik qayta ishlash, modellashtirish va tahlil qilish masalalarini o‘rganadi. Tadqiqotda ushbu yo‘nalishning paydo bo‘lishiga ta’sir qilgan asosiy omillar, jumladan raqamli texnologiyalar rivoji, til resurslarini elektronlashtirish ehtiyoji va sun’iy intellektga bo‘lgan talab ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘zbek tilining korpus lingvistikasi, mashina tarjimasi va tabiiy tilni qayta ishlash tizimlaridagi o‘rni yoritiladi. Maqolada sohaning nazariy asoslari bilan birga amaliy yo‘nalishlari ham tahlil qilinib, mavjud muammolar va istiqbollar ko‘rsatib beriladi. Natijada kompyuter lingvistikasining O‘zbekistondagi ilmiy va amaliy ahamiyati asoslab beriladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务