遇见数据集

REGIONALIZMNING ZAMONAVIY NAZARIYALARI VA UNING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI O'RTASIDA TADBIQ ETILISHI

收藏
Zenodo2026-05-31 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqola regionalizm nazariyalarining plyuralizmi (xilma-xilligi) va boyligini ilmiy tahlil qilib, Markaziy Osiyoda yangi regionalizm shakllanishining mahalliy tomonlarini ochib berishdir. Mazkur nazariyalar turlicha meta-nazariy va konseptual boshlang‘ich nuqtalarga, bilim yaratish va nazariya qurishning o‘ziga xos usullariga, shuningdek, turlicha tadqiqot savollariga javob beradi. Shuningdek, maqola O‘zbekistonning Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi siyosatining asosiy konsepsiyasi bo‘lgan “yaxshi qo‘shnichilik” siyosatini tahlil qilinadi. Maqola yangi regionalizmning qisman bir-birini to‘ldiruvchi va qisman raqobatdosh bo‘lgan keng ko‘lamli istiqbollari va nazariyalarini o‘z ichiga oladi. Ushbu nazariyalarni kengroq nazariy landshaftda joylashtirish hamda ular o‘rtasidagi muhim o‘xshashlik va farqlarni aniqlashtirishdan iborat. Shundan kelib chiqib, yangi regionalizmning mos ravishda "yangilik" va "mintaqaviylik" jihatlariga e’tibor qaratiladi. So‘ng yangi regionalizm nazariyalarining boyligi, birinchi navbatda, nazariya turlarining xilma-xilligi va mavjud tadqiqot yo‘nalishlari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Xususan, maqola ushbu nazariy yondashuvlarning o'zaro sintezi mintaqaviy o'zaro bog'liqlikning murakkab tabiatini tushunishda bir tomonlama (reduksionistik) qarashlardan voz kechish va ko'p qatlamli tahliliy tizimnini shakllantirish zarurligini ilmiy jihatdan asoslaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-31
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务