INTERAKTIV METODLAR ORQALI MAKTAB O'QUVCHILARINI INGLIZ TILIDA NUTQ KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
收藏资源简介:
Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy ta’lim sharoitida maktab o‘quvchilarining ingliz tilida nutq (speaking) ko‘nikmasini interaktiv metodlar yordamida shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda kommunikativ yondashuv (Communicative Language Teaching), vazifaga asoslangan ta’lim (Task-Based Language Teaching) hamda ijtimoiy-konstruktivistik nazariya asosida nutq malakasini rivojlantirishning samarali pedagogik usullari ilmiy-uslubiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Maqolada rolli o‘yin, munozara, “aqliy hujum”, juftlik va kichik guruhlarda ishlash, axborot bo‘shlig‘i mashqlari, “Jigsaw” texnikasi hamda loyiha asosidagi ta’lim kabi interaktiv metodlarning didaktik imkoniyatlari ochib berilgan, shuningdek, ularni umumta’lim maktablari amaliyotiga tatbiq etish bo‘yicha pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilgan.



