HALIMA XUDOYBERDIYEVA SHE'RIYATIDA HIJRON VA ILTIJO MOTIVLARINING BADIIY-ESTETIK XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada Halima Xudoyberdiyeva she’riyatida hijron va iltijo motivlarining badiiy-estetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoiraning lirik asarlarida hijron motivi orqali inson ruhiyatidagi sog‘inch, iztirob va ichki bo‘shliq kabi holatlarning ifodalanishi, shuningdek, iltijo motivi vositasida umid, najot va ma’naviy yuksalishga intilish g‘oyalari yoritiladi. Maqolada ushbu ikki motivning o‘zaro bog‘liqligi, ularning lirik qahramon kechinmalarini ochib berishdagi funksional ahamiyati hamda badiiy tafakkurni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Natijada Halima Xudoyberdiyeva ijodida hijron va iltijo motivlari nafaqat hissiy ifoda vositasi, balki chuqur falsafiy va estetik mazmun tashuvchi badiiy unsur ekanligi asoslab beriladi.



