ELEKTRON TO'LOV TIZIMLARINING BARQAROR RIVOJLANISHINI STRATEGIK BOSHQARISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI
收藏资源简介:
Bugungi kunda moliyaviy munosabatlarning raqamli shaklga o‘tishi elektron to‘lov tizimlarini oddiy hisob-kitob vositasidan iqtisodiy faoliyatning uzluksizligini ta’minlovchi strategik infratuzilmaga aylantirmoqda. Elektron savdo, masofaviy xizmatlar, raqamli platformalar, davlat xizmatlari, korxonalararo hisob-kitoblar va aholining kundalik moliyaviy operatsiyalarining tobora katta qismi elektron to‘lov kanallari orqali amalga oshirilayotgani mazkur tizimlarning barqaror ishlashini makroiqtisodiy va institutsional ahamiyatga ega masalaga aylantirdi. Shu sababli elektron to‘lov tizimlarini rivojlantirishning zamonaviy bosqichida asosiy masala tranzaksiyalar sonini yoki foydalanuvchilar ko‘lamini mutlaq oshirishdan iborat emas, balki o‘sib borayotgan operatsion yuklama, iqtisodiy muhitdagi o‘zgarishlar va turli tashqi ta’sirlar sharoitida tizimning uzluksiz faoliyat yuritishi, o‘z funksiyalarini saqlab qolishi hamda kelgusidagi rivojlanish uchun yetarli resurs va institutsional salohiyatni shakllantirishdan iborat bo‘lmoqda.



