遇见数据集

ALLERGIK RINIT BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA INTRANAZAL KORTIKOSTEROIDLAR TERAPIYASINING KLINIK SAMARADORLIGI

收藏
Zenodo2026-09-28 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Allergik rinit — dunyo aholisining 10–40 foizida uchraydigan, hayot sifatiga sezilarli salbiy ta'sir ko'rsatuvchi surunkali yallig'lanish kasalligi hisoblanadi. Ushbu tezisda intranazal kortikosteroidlarning allergik rinit klinik simptomlariga (burun bitilishi, rinoreya, aksirish, qichishish) ta'siri o'rganildi. Tadqiqot 2023–2024 yillarda 60 nafar allergik rinit tashxisi qo'yilgan bemor ishtirokida o'tkazildi. Bemorlar mometazon furoat asosidagi intranazal kortikosteroid preparatini 4 hafta davomida qabul qildilar, natijalar TNSS (Total Nasal Symptom Score) shkalasi yordamida baholandi. Davolashdan so'ng simptomlar og'irligi o'rtacha 65% ga kamayganligi, bemorlarning 80% ida hayot sifati ko'rsatkichlari (RQLQ) sezilarli yaxshilanganligi aniqlandi. Yon ta'sirlar minimal (asosan mahalliy quruqlik va yengil epistaksis) bo'lib, davolashni to'xtatishga sabab bo'lmadi. Olingan natijalar intranazal kortikosteroidlarning allergik rinitni davolashda birinchi qatorli terapiya sifatidagi samaradorligini tasdiqlaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-28
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务