QO'RG'ON DOSTONCHILIK MAKTABI EPIK AN'ANALARI
收藏资源简介:
Ma’lumki, xalq og‘zaki ijodi ajdodlarimiz badiiy tafakkurining asriy an’analarini o‘zida mujassam etgan ko‘pqatlamli qadriyatlar tizimidir. Shuning uchun ham xalqimizning o‘ziga xos milliy ruhiyati va badiiy-estetik an’analarini o‘zida ifodalagan folklor asarlarining tarixiy ildizlari, ayniqsa, epik syujetlarning shakllanish tarixi va ildizlarini tahlil qilish muhim ilmiy ahamiyatga ega. Ayniqsa, mamlakatimiz hududida o‘tmishda yashagan ajdodlarimiz, xususan, sak va massagetlarning og‘zaki badiiy ijodi, ularning turmush tarzi va o‘z yurtini mardonavor himoya qilgan vatanparvar o‘g‘il-qizlarining jasoratini tarannum etuvchi qahramonlik eposi syujetlarini qiyosiy-tarixiy asnoda tadqiq etish yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning ulug‘vor an’analari ruhida tarbiyalashda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Zero, sak-massaget eposida kuylangan vatanparvarlik, qahramonlik va yurtsevarlik g‘oyalari xalqimizning tarixiy xotirasini, milliy mentalitetiga xos ustuvor jihatlarni o‘zida aks ettirganligi bilan qadrlidir.



