ORFOGRAFIYA VA PUNKTUATSIYANI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada orfografiya va punktuatsiyani o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Ona tili ta’limida kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quvchilarning orfografik va punktuatsion kompetensiyasini rivojlantirishda interfaol metodlarning didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Xususan, "Aqliy hujum", "Klaster", "Insert", "FSMU", "Baliq skeleti", "Venn diagrammasi" kabi metodlarning dars jarayonidagi samaradorligi tahlil qilinib, ularning o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, yozma savodxonligi va kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, interfaol metodlardan foydalanish orqali ta’lim jarayonini faollashtirish, o‘quvchilarning bilish faoliyatini rag‘batlantirish va o‘quv natijalarini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari interfaol metodlarning orfografiya va punktuatsiyani o‘qitish samaradorligini oshirishda muhim didaktik vosita ekanligini tasdiqlaydi.



