遇见数据集

VIRTUAL O'QUV MUHITINI YARATISHDA OPEN SOURCE PLATFORMALAR (MOODLE, CANVAS, CHAMILO) NING AFZALLIKLARI VA CHEKLOVLARI

收藏
Zenodo2026-05-26 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada oliy ta'lim muassasalarida virtual o'quv muhitini yaratishda ochiq kodli (Open Source) ta'lim platformalari — Moodle, Canvas LMS va Chamilo ning afzalliklari va cheklovlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida uchta platformaning texnik arxitekturasi, pedagogik funksionalligi, foydalanuvchi interfeysi, integratsiya imkoniyatlari va xavfsizlik jihatlari o'rganilgan. ADDIE instruktiv dizayn modeli asosida har bir platformaning o'quv jarayonini loyihalash, amalga oshirish va baholash bosqichlaridagi samaradorligi baholangan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, Moodle pedagogik moslashuvchanlik va kengaytirilish imkoniyatlari bo'yicha ustunlikka ega bo'lsa, Canvas LMS zamonaviy foydalanuvchi interfeysi va bulutli infratuzilma bo'yicha ajralib turadi, Chamilo esa resurs talab qilish darajasi pastligi va sodda joriy etilishi bilan farqlanadi. Maqolada O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari uchun ochiq kodli platformalarni tanlash va joriy etish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务